Yosh tahlilchilar uchun xalqaro bilim maydoni
Milliy armiya: yoshlar tarbiyasi va yangi imkoniyatlar
Ekologik barqarorlik: muammo, yechim va tashabbuslar
“Istiqbolli yoshlar”: yangi g‘oyalar va yangi imkoniyatlar
Markaziy Osiyo fuqarolik jamiyati forumi: tajriba, muloqot va hamkorlik
Yangiliklar
Barchasini ko’rishSiyosat
O‘zbekiston – Koreya: parlamentlararo hamkorlik yangi bosqichda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida 15-sentabr kuni Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Cho Chjon Shik bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqotda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklikni rivojlantirishda parlamentlar muhim o‘rin tutayotgani ta’kidlandi. Xususan, parlamentlararo do‘stlik guruhlari faoliyati, parlament delegatsiyalarining muntazam tashriflari, qo‘mitalar o‘rtasidagi tajriba almashinuvi hamda Oliy Majlis palatalarida “Elektron parlament” loyihasini amalga oshirish borasidagi hamkorlik qayd etildi. Shuningdek, oliy darajada erishilgan kelishuvlarning ijrosi ustidan parlament monitoringini kuchaytirish va bu borada o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini yaratish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida 2027-yilda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 35-yilligi munosabati bilan “parlament diplomatiyasi” yo‘nalishida qator tadbirlarni birgalikda o‘tkazishga kelishib olindi.
15.09.2026
Yangiliklar
Mustaqillikning 35 yilligi: islohotlar, natijalar va istiqbollar xalqaro maydonda muhokama qilindi
Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqil O‘zbekiston – 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli anjuman O‘zbekistonning mustaqillik yillarida bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lini sarhisob qilish, amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati va natijalarini tahlil qilish, shuningdek, mamlakat rivojining istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlarini belgilashga qaratildi. Konferensiyada Oliy Majlis palatalari a’zolari, vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari, shuningdek, Belarus, Gruziya, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va Qirg‘iziston parlamentlari vakillari ishtirok etdi. Anjumanda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari ham faol qatnashib, xalqaro va parlamentlararo muloqot jarayonlarida yoshlarning ishtirokini namoyon etdi. Tadbir davomida mustaqillik yillarida O‘zbekistonda amalga oshirilgan siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati yuzasidan fikr almashildi. Xususan, Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, davlat boshqaruvini takomillashtirish hamda fuqarolarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, konferensiyada parlament diplomatiyasini rivojlantirish va parlamentlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Bugungi kunda parlamentlar o‘rtasidagi muloqot davlatlar o‘rtasidagi do‘stona va strategik munosabatlarni mustahkamlash, tajriba almashish hamda umumiy manfaatlarga ega bo‘lgan masalalarda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda muhim vosita ekani ta’kidlandi. Anjumanda konstitutsiyaviy modernizatsiya, qonunchilikni takomillashtirish, iqtisodiy o‘sish va investitsiyaviy muhitni yaxshilash, aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish kabi muhim yo‘nalishlar ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish va barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish masalalariga ham alohida urg‘u berildi. Xalqaro konferensiya doirasida xorijiy davlatlar parlamentlari vakillari bilan fikr almashish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash uchun muhim imkoniyat yaratildi. Ayniqsa, Markaziy Osiyo va boshqa davlatlar parlamentlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada rivojlantirish, qonunchilik sohasidagi tajriba almashinuvini kuchaytirish hamda yosh parlamentariylarning xalqaro muloqotdagi ishtirokini kengaytirish muhim vazifalardan biri sifatida qayd etildi. Konferensiyaning yakunida O‘zbekistonning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlarini yanada mustahkamlash, amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, qonunchilik va parlament faoliyatini takomillashtirish, parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirishga qaratilgan Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya O‘zbekistonning 35 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘lini tahlil qilish bilan bir qatorda, mamlakatning kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini belgilash, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va parlament diplomatiyasining yangi imkoniyatlarini kengaytirish nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etdi. Anjumanda yoshlarning, xususan, Yoshlar parlamenti a’zolarining faol ishtiroki esa yosh avlodning mamlakatdagi siyosiy-huquqiy jarayonlarga daxldorligini, ularning parlament faoliyati va xalqaro muloqotdagi rolini yanada oshirishga bo‘lgan e’tibor kuchayib borayotganini ko‘rsatdi.
14.08.2026
Yangiliklar
Parlament nazorati: budjet ijrosi va rivojlantirish dasturlari muhokama qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘mita a’zolari, mas’ul vazirlik va idoralar vakillari hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirok etdi. Yoshlar parlamenti vakillari majlis davomida muhokama etilgan masalalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, tegishli takliflarini ilgari surdi. Majlisda Maktabgacha va maktab ta’limi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Madaniyat hamda Sport vazirliklari, shuningdek, Turizm qo‘mitasining 2026-yil birinchi yarim yilligida budjet mablag‘laridan foydalanishi hamda rivojlantirish dasturlari ijrosi yuzasidan hisobotlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Hisobotlarni muhokama qilish jarayonida ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi, belgilangan vazifa va ko‘rsatkichlarning ijrosi, amalga oshirilayotgan dasturlar doirasida erishilgan natijalar hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ta’lim, oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar, madaniyat, sport hamda turizm sohalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlarning amaliy samaradorligi yuzasidan fikr almashildi. So‘nggi davrda mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish imkoniyatlari va sohalarda belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish masalalari ham muhokama qilindi. Muhokamalar davomida budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish, mablag‘larning aniq maqsadlarga yo‘naltirilishini ta’minlash, rivojlantirish dasturlarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosi ustidan tizimli parlament nazoratini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Yoshlar parlamenti a’zolari ham muhokamalar jarayonida faol ishtirok etib, ayniqsa, yoshlar uchun ta’lim olish, ilm-fan va innovatsiyalar bilan shug‘ullanish, sport va madaniyat sohalarida o‘z salohiyatini namoyon etish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratdi. Yoshlarning fikr va takliflarini tegishli jarayonlarga olib kirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash muhimligi qayd etildi. Majlis yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralar vakillariga tegishli savollar, taklif va tavsiyalar bildirildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, belgilangan ko‘rsatkichlar ijrosini ta’minlash hamda rivojlantirish dasturlarining natijadorligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. Mazkur majlis davlat budjeti mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish, ijtimoiy ahamiyatga ega sohalarda amalga oshirilayotgan dasturlar ijrosini ta’minlash hamda parlament nazoratini kuchaytirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi. Unda Yoshlar parlamenti a’zolarining faol ishtiroki esa yoshlarning parlament faoliyatidagi ishtirokini kengaytirish va ularning takliflarini davlat siyosati hamda qonunchilik jarayonlariga yetkazishda muhim qadam bo‘ldi.
06.08.2026
Yangiliklar
Hududdagi ijtimoiy masalalar deputatlar va Yoshlar parlamenti e’tiborida
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan Toshkent shahrining Yangihayot tumanida navbatdagi hududiy o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad hududda aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni hal etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi. Hududiy o‘rganishlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari Alisher Ahmadov va Ikromjon Ashuraliyev ham faol ishtirok etdi. Ular deputatlar bilan birgalikda hududdagi ijtimoiy masalalarni o‘rganib, aholi va mahalla faollari bilan muloqot qildi hamda yoshlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi. O‘rganishlar doirasida “Yangi Choshtepa” mahallasiga tashrif buyurilib, mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot davomida mahalladagi mavjud ijtimoiy masalalar, aholi bilan ishlash tizimi, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlarning ta’lim olishi, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishi va mehnat bozorida munosib o‘rin egallashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi. Shuningdek, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish va bandligini ta’minlash masalalari ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Mahallada xotin-qizlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish hamda o‘z biznesini boshlashi uchun mavjud imkoniyatlardan foydalanish yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv davomida mahalla yettiligi tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berildi. Deputatlar va Yoshlar parlamenti a’zolari tomonidan bildirilgan masalalar yuzasidan tegishli takliflar ilgari surilib, ularni amaliy jihatdan hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Ayniqsa, yoshlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolari va takliflarini o‘rganish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda mahallalarda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni yanada kengaytirish zarurligi qayd etildi. Hududiy o‘rganishlar davomida aniqlangan masalalarni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, mavjud muammolarni tizimli ravishda o‘rganib borish va aholi murojaatlariga amaliy yechim topish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Bunday hududiy o‘rganishlar deputatlar va Yoshlar parlamenti a’zolarining aholi bilan bevosita muloqotini kuchaytirish, joylardagi real muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
30.07.2026
Yangiliklar
Jamiyat rivojiga xizmat qilayotgan fidoyilar e’tirof markazida
Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish yo‘lidagi ezgu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan fidoyi va faol insonlarni keng jamoatchilikka tanitish maqsadida “Ziyo Forum” fondi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida tashkil etilgan “Ziyolilar.Inson” loyihasining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur loyiha jamiyat hayotining turli sohalarida faoliyat yuritayotgan, ilm-fan, ta’lim, ijtimoiy himoya, ma’rifat, madaniyat va boshqa yo‘nalishlarda tashabbus ko‘rsatib, insonlar hayotini yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi. Loyiha doirasida respublikaning turli hududlaridan 2 mingga yaqin ariza kelib tushdi. Nomzodlarning faoliyati va jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissasi soha ekspertlari tomonidan atroflicha o‘rganilib, belgilangan mezonlar asosida eng munosib ishtirokchilar saralab olindi. Natijada jamiyat taraqqiyotiga o‘zining bilim, mehnat, tashabbus va fidoyiligi bilan hissa qo‘shib kelayotgan 100 nafar munosib ishtirokchi va jamoa taqdirlandi. Taqdirlash marosimida inson kapitalini rivojlantirish, yoshlarning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy faollikni oshirish hamda jamiyatda ezgu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Bunday loyihalar faol va tashabbuskor insonlarni rag‘batlantirish bilan birga, ularning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish va boshqa yoshlar uchun motivatsiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Quvonarlisi, taqdirlanganlar safidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi o‘rinbosari Mohinur Ergash ham munosib o‘rin egalladi. Uning ushbu e’tirofga sazovor bo‘lishi yoshlar siyosati, jamoatchilik faoliyati va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissining yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi. Mohinur Ergashning Yoshlar parlamentidagi faoliyati, yoshlarning huquq va manfaatlarini ilgari surish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarni ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishga undash borasidagi sa’y-harakatlari ushbu e’tirofning muhim omillaridan biri sifatida namoyon bo‘ldi. Mazkur mukofot nafaqat shaxsiy yutuq, balki yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va kelajak avlod vakillarini ezgu maqsadlar sari ruhlantirish yo‘lidagi muhim rag‘batdir. ** “Ziyolilar.Inson” loyihasi doirasidagi ushbu taqdirlash marosimi jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlarni e’tirof etish, ularning faoliyatini munosib qadrlash va yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi muhim qadam bo‘ldi.**
05.08.2026
Yangiliklar
Yoshlar tashabbuslari – muhokama markazida
Yoshlarning siyosiy jarayonlardagi faolligini oshirish, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish, dunyo mamlakatlaridagi siyosiy partiyalarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha ilg‘or tajribasini o‘rganish hamda xorijiy davlatlarda amalga oshirilayotgan samarali tashabbuslarni milliy amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan “Yoshlar tashabbuslari laboratoriyasi”ning ilk muloqoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur muloqot yoshlarning siyosiy va fuqarolik faolligini yanada oshirish, ularning jamiyat va davlat hayotidagi ishtirokini kuchaytirish, yangi g‘oya va tashabbuslarni ilgari surish uchun ochiq muloqot maydonini yaratish maqsadida tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlarning fikr va takliflarini bevosita tinglash, ularni amaliy tashabbuslarga aylantirish hamda yoshlar bilan ishlashning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirda Yoshlar parlamenti raisi Otabekxo‘ja Sobitov, Yoshlar parlamenti a’zolari hamda faol va tashabbuskor yoshlar ishtirok etdi. Muloqot ochiq va erkin fikr almashish ruhida o‘tkazilib, unda yoshlarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi. Muloqot davomida xorijiy mamlakatlarda yoshlarning siyosiy jarayonlarga jalb etilishi, siyosiy partiyalar tomonidan yoshlar bilan ishlashning zamonaviy usullari, yoshlar tashkilotlari faoliyati hamda yoshlarning qarorlar qabul qilish jarayonidagi ishtirokini ta’minlash mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, xalqaro tajribani o‘rganish va uni milliy sharoitga moslashtirish, xorijiy davlatlarda o‘z samarasini ko‘rsatgan ilg‘or tashabbuslarni O‘zbekistonda amalga oshirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi. Ayniqsa, yoshlarning siyosiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning huquqiy va siyosiy savodxonligini yuksaltirish, jamoatchilik faoliyatiga kengroq jalb etish hamda yosh liderlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi. Muloqotning muhim yo‘nalishlaridan biri Yoshlar parlamenti faoliyatini yanada takomillashtirish masalasi bo‘ldi. Yoshlar parlamentining yoshlar manfaatlarini ifodalash, ularning tashabbuslarini parlament va davlat organlari faoliyatiga yetkazish, yoshlarni qonun ijodkorligi va jamoatchilik jarayonlariga jalb etish borasidagi imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan turli takliflar bildirildi. Ishtirokchilar tomonidan yoshlarning siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish, yoshlar o‘rtasida munozara va debat platformalarini rivojlantirish, siyosiy va huquqiy mavzularda ochiq muloqotlarni ko‘paytirish hamda yoshlarning xalqaro tadbirlardagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha fikrlar ilgari surildi. Tadbir davomida barcha ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, yoshlarning amaliy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hayotga tatbiq etish va istiqboldagi faoliyat yo‘nalishlarini belgilash yuzasidan takliflar jamlandi. “Yoshlar tashabbuslari laboratoriyasi” kelgusida yoshlarning yangi g‘oyalarini shakllantirish, ularni muhokama qilish va amaliy loyihalarga aylantirish, shuningdek, yoshlarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladigan doimiy muloqot platformalaridan biriga aylanishi ko‘zda tutilmoqda. Bunday tashabbuslar yoshlarning jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish, ularning siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda yosh avlodning ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
25.07.2026
11.07.2026
Yoshlar kitobxonligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
28.07.2026
Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish yo‘lida muhim hamkorlik
18.08.2026
Fuqarolar va tadbirkorlar manfaatlariga qaratilgan muhim masalalar ko‘rib chiqildi
26.08.2026
Yoshlar parlamenti vakillari “Mustaqillikning 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi
Tadbirlar
Barchasini ko’rishO‘zbekiston va Qirg‘iziston yosh parlamentariylari bir maydonda
Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l viloyatida II O‘zbekiston–Qirg‘iziston Yosh parlamentariylari forumi o‘z ishini boshladi. Mazkur xalqaro forum ikki mamlakatning yosh parlamentariylari o‘rtasida bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish, parlamentlararo yoshlar hamkorligini yanada rivojlantirish hamda istiqbolli qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish maqsadida tashkil etildi. Forumda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi vakillari, Yoshlar parlamenti a’zolari, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi deputatlari, Yoshlar Kengashi a’zolari hamda Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi vakillari ishtirok etmoqda. Tadbirning asosiy maqsadlaridan biri ikki davlat yosh parlamentariylari o‘rtasida doimiy va samarali muloqotni rivojlantirish, yoshlarning parlament faoliyatidagi ishtirokini kuchaytirish hamda ularning qonunchilik jarayonlariga jalb etilishi bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishdan iborat. Forum doirasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston yosh parlamentariylari o‘rtasida ochiq muloqot va fikr almashinuvi tashkil etilib, yoshlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish, yoshlarning qonunchilik jarayonidagi ishtirokini kengaytirish hamda ularning siyosiy va fuqarolik faolligini oshirish masalalari muhokama qilinmoqda. Muhokamalar davomida ikki mamlakatda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va loyihalar, yosh parlamentariylar faoliyati, yoshlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini ta’minlash mexanizmlari hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi tajribalar yuzasidan fikr almashilmoqda. Shuningdek, yoshlarning qonunchilik jarayonidagi ishtirokini kuchaytirish, ularning huquqiy va siyosiy savodxonligini oshirish, yosh liderlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar manfaatlarini ifodalovchi yangi tashabbuslarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Forum davomida yoshlar bilan ishlashning samarali mexanizmlarini o‘rganish, ikki mamlakatda qo‘llanilayotgan ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish va ularni milliy amaliyotga moslashtirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilmoqda. Ishtirokchilar yoshlar bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlardan foydalanish, ularning tashabbuslarini amaliy loyihalarga aylantirish va yoshlarning xalqaro hamkorlikdagi ishtirokini kengaytirish yuzasidan o‘z takliflarini bildirmoqda. Bundan tashqari, ikki davlat yosh parlamentariylari o‘rtasida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, yoshlar uchun ta’limiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy yo‘nalishlarda hamkorlik dasturlarini yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish platformalarini kengaytirish hamda yoshlarning xalqaro muloqotdagi ishtirokini kuchaytirish masalalari muhokama qilinmoqda. Mazkur forum O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yoshlar parlament diplomatiyasi orqali yanada mustahkamlash uchun muhim imkoniyat yaratmoqda. Yosh parlamentariylarning bevosita muloqoti kelgusida ikki mamlakat yoshlari o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, o‘zaro ishonch va hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi. Forum doirasida ilgari surilayotgan tashabbuslar va takliflar kelgusida yoshlar siyosati, parlamentlararo hamkorlik va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan yangi loyihalar uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.
Yoshlar tashabbuslari, innovatsiyalar va ekologiya masalalari forum markazida
II O‘zbekiston–Qirg‘iziston Yosh parlamentariylari forumi doirasida “Yoshlar tashabbuslari: tadbirkorlik, innovatsiyalar va ekologiya” mavzusida navbatdagi panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur panel sessiya ikki davlat yoshlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, yoshlarning innovatsion va tadbirkorlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ekologik muammolarga zamonaviy yondashuvlarni shakllantirish hamda yoshlar tashabbuslarini amaliy loyihalarga aylantirish masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlandi. Sessiyada davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, media sohasi, tadbirkorlik va ekologiya yo‘nalishlari vakillari, shuningdek, Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirok etdi. Muloqot davomida yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning yangi g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar uchun qulay imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Muhokamalar davomida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, yoshlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni moliyalashtirish va istiqbolli startaplarni rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi. Yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning biznes yuritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda innovatsion g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi. Shuningdek, innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar sohasida yoshlarning salohiyatidan samarali foydalanish masalalari ham muhokama qilindi. Yoshlarning ilmiy-texnik g‘oyalari, startaplari va innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun zamonaviy bilim olish va tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha fikrlar bildirildi. Panel sessiyaning muhim yo‘nalishlaridan yana biri ekologik barqarorlik va ekologik madaniyatni yuksaltirish masalalari bo‘ldi. Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni kamaytirish, yashil texnologiyalarni rivojlantirish hamda yoshlarni ekologik tashabbuslarga keng jalb etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan yoshlarning ekologik muammolarni hal etishdagi rolini kuchaytirish, ekologik ta’lim va targ‘ibot ishlarini rivojlantirish, yoshlar ishtirokidagi “yashil” loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ikki davlat o‘rtasida ekologik yo‘nalishdagi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan takliflar ilgari surildi. Muloqot davomida O‘zbekiston va Qirg‘iziston yoshlarining ilg‘or tajribalari bilan o‘rtoqlashilib, tadbirkorlik, innovatsiyalar va ekologiya sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida fikr almashildi. Turli soha vakillari yoshlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlari yuzasidan o‘z tavsiyalarini bildirdi. Shuningdek, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni yangi loyihalarga jalb etish, xalqaro tajribani o‘rganish va yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Yosh parlamentariylarning bunday muloqotlarda faol ishtirok etishi ularning turli sohalardagi dolzarb masalalarni o‘rganishi, amaliy takliflar ishlab chiqishi va yoshlar manfaatlarini ilgari surishiga xizmat qilishi ta’kidlandi. Panel sessiya yakunida yoshlarning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, ularning tadbirkorlik va innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ekologik mas’uliyatini oshirish hamda ikki davlat yoshlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli tashabbuslar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi. Mazkur sessiya O‘zbekiston va Qirg‘iziston yoshlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish, yoshlarning yangi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va ularni barqaror taraqqiyot jarayonlariga faol jalb etish yo‘lida muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qildi.
Yoshlar parlamenti a’zolarining qonun ijodkorligidagi o‘rni muhokama qilindi
II O‘zbekiston–Qirg‘iziston Yosh parlamentariylari forumining ikkinchi kuni “Yosh parlament a’zolarining qonun ijodkorligi faoliyatini rivojlantirishdagi roli” mavzusida panel muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur panel sessiya ikki mamlakat yosh parlamentariylarining qonun ijodkorligi jarayonidagi ishtirokini kuchaytirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini qonunchilikda yanada samarali ifodalash, parlament faoliyatidagi amaliy tajribalarni o‘zaro almashish hamda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlandi. Muhokamalarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston parlamentlari deputatlari, Yoshlar parlamenti hamda Yoshlar kengashi vakillari ishtirok etdi. Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan sessiyada yoshlarning parlament faoliyatidagi o‘rni, qonun ijodkorligi jarayoniga jalb etish mexanizmlari va yosh parlamentariylarning amaliy tajribasi yuzasidan fikr almashildi. Tadbir davomida yoshlarning qonun ijodkorligi jarayonidagi ishtirokini kengaytirish, ularning huquqiy va siyosiy bilimlarini oshirish, qonunchilik tashabbuslarini shakllantirish hamda yoshlar tomonidan ilgari surilayotgan takliflarni tegishli tartibda o‘rganish va amaliyotga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, Yoshlar parlamenti va Yoshlar kengashi faoliyatining yoshlarning parlament jarayonlariga tayyorgarligini oshirishdagi ahamiyati muhokama qilindi. Yoshlarni qonun loyihalarini ishlab chiqish, mavjud qonunchilikni tahlil qilish, jamoatchilik fikrini o‘rganish va turli ijtimoiy masalalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga kengroq jalb etish muhim vazifalardan biri sifatida qayd etildi. Panel davomida ikki mamlakatda yoshlar bilan ishlash va ularni qonun ijodkorligi jarayoniga jalb etish bo‘yicha mavjud tajribalar taqdim etilib, ilg‘or amaliyotlarni o‘zaro o‘rganish va qo‘llash imkoniyatlari yuzasidan fikrlar bildirildi. Yosh parlamentariylarning qonunchilik tashabbuslarini ilgari surish, yoshlar manfaatlarini ifodalash va ularning muammolarini parlament minbariga olib chiqish borasidagi faoliyati muhim yo‘nalish sifatida ta’kidlandi. Muloqot jarayonida, shuningdek, yoshlarning parlament faoliyatidagi amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni deputatlar va soha mutaxassislari bilan bevosita muloqotga jalb etish, qonun loyihalarini muhokama qilish jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlash hamda yosh liderlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari yuzasidan takliflar ilgari surildi. Ishtirokchilar yosh parlamentariylarning o‘zaro tajriba almashishi nafaqat ularning kasbiy va huquqiy bilimlarini boyitishi, balki ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo yoshlar hamkorligini yanada mustahkamlashini ta’kidladilar. Shu nuqtayi nazardan, muntazam muloqotlar, qo‘shma seminar va treninglar, qonunchilik masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatlari hamda tajriba almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish muhim ekani qayd etildi. Muhokamalar davomida yoshlarning zamonaviy muammolar bo‘yicha qarashlarini qonunchilik jarayonlariga yetkazish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning takliflarini amaliy yechimlarga aylantirish bo‘yicha bir qator istiqbolli g‘oyalar ilgari surildi. Panel sessiya yakunida ikki mamlakat yosh parlamentariylari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashishni kengaytirish, yoshlarning parlament faoliyatidagi ishtirokini kuchaytirish hamda istiqboldagi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan muhim taklif va tavsiyalar bildirildi. Mazkur panel muhokamasi yoshlarning qonun ijodkorligi jarayonidagi rolini kuchaytirish, ularning siyosiy-huquqiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda O‘zbekiston va Qirg‘iziston yosh parlamentariylari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qildi.
Yoshlar parlamenti a’zolari MDH Yoshlar forumida ishtirok etdi
Armaniston Respublikasining Kapan shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining “Yoshlar poytaxti – 2026” xalqaro loyihasi doirasida “MDH mamlakatlari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashda yoshlarning o‘rni” mavzusida xalqaro forum hamda MDH davlatlari Yoshlar ishlari bo‘yicha kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli xalqaro tadbir MDH mamlakatlari yoshlari o‘rtasida o‘zaro muloqot va hamkorlikni yanada rivojlantirish, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar siyosati sohasida ilg‘or tajriba almashish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi. Forumda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari ham faol ishtirok etdi. Tadbir davomida yoshlar siyosatini rivojlantirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, xalqaro yoshlar hamkorligini mustahkamlash, volontyorlik harakatini rivojlantirish hamda yoshlar o‘rtasida tajriba almashinuvini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Muhokamalar davomida MDH mamlakatlari yoshlarining mavjud salohiyatidan samarali foydalanish, ularni ijtimoiy va jamoatchilik faoliyatiga keng jalb etish, yoshlarning yangi tashabbus va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ular uchun xalqaro miqyosdagi imkoniyatlarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida volontyorlik madaniyatini rivojlantirish, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda yoshlarning ishtirokini kuchaytirish va turli davlatlar yoshlari o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha tajribalar muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘z mamlakatlarida amalga oshirilayotgan yoshlar loyihalari bilan o‘rtoqlashib, istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan takliflarini bildirdi. Tadbir doirasida O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan MDH mamlakatlari Yoshlar forumi va Yoshlar laboratoriyasini tashkil etish tashabbuslariga ham alohida e’tibor qaratildi. Mazkur tashabbuslar yoshlar o‘rtasida muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning innovatsion va ijtimoiy g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni ishlab chiqish hamda ularni xalqaro darajada amalga oshirish uchun samarali maydon yaratishga qaratilgani ta’kidlandi. Yoshlar laboratoriyasi doirasida yoshlarning dolzarb ijtimoiy masalalarga innovatsion yechimlar taklif qilishi, turli davlatlardan kelgan tengdoshlari bilan birgalikda yangi loyihalar ishlab chiqishi va o‘z tashabbuslarini amaliyotga tatbiq etishi uchun imkoniyatlar yaratish masalalari yuzasidan fikr va takliflar bildirildi. Forumda, shuningdek, yosh parlamentariylarning xalqaro hamkorlikdagi rolini kuchaytirish, parlamentlararo yoshlar muloqotini rivojlantirish va yoshlarning qaror qabul qilish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish muhim yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi. Yoshlar parlamenti a’zolarining bunday xalqaro tadbirlardagi ishtiroki O‘zbekiston yoshlarining xalqaro maydondagi faolligini namoyon etish, xorijiy davlatlar yoshlari bilan tajriba almashish hamda kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbir yakunida yoshlar siyosati sohasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, MDH mamlakatlari yoshlari o‘rtasidagi do‘stona va professional aloqalarni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda yoshlarning xalqaro tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha istiqbolli takliflar ilgari surildi.
AQSHda o’zbekistonlik yoshlar uchun xalqaro stajirovka boshlandi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti qo‘mita raisi o‘rinbosari Zafarbek Asrorov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Future 100” dasturi doirasida AQSHning Silikon vodiysida tashkil etilgan xalqaro stajirovkada ishtirok etmoqda. Mazkur xalqaro dastur o‘zbekistonlik yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, innovatsion muhit bilan yaqindan tanishish hamda yosh mutaxassislar o‘rtasida xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishga qaratilgan. Stajirovka doirasida ishtirokchilar uchun dastur bilan tanishtiruvchi maxsus sessiya tashkil etilib, unda xalqaro stajirovkaning maqsad va vazifalari, amalga oshiriladigan loyihalar, ta’limiy va amaliy mashg‘ulotlar hamda ishtirokchilar oldiga qo‘yilgan vazifalar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, dastur ishtirokchilari uchun Stenford universiteti professori Georgiy Blank ishtirokida “Digital Innovation” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi. Seminar davomida raqamli innovatsiyalarni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish, yangi g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish hamda innovatsion mahsulotlarni bozorga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Muloqot davomida innovatsion tadbirkorlik, startap ekotizimi va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishning zamonaviy yondashuvlariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar Silikon vodiysida shakllangan innovatsion muhit, startaplarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, investorlar bilan hamkorlik qilish va yangi loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar yuzasidan fikr almashdilar. Seminar jarayonida yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish, texnologik loyihalarni rivojlantirish va ularning iqtisodiy samaradorligini ta’minlash masalalari ham ko‘rib chiqildi. Zafarbek Asrorovning mazkur xalqaro stajirovkadagi ishtiroki yosh parlamentariylarning nafaqat parlament va qonun ijodkorligi yo‘nalishida, balki innovatsiya, raqamli texnologiyalar, tadbirkorlik va xalqaro tajriba almashinuvi sohalarida ham o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun muhim imkoniyat yaratmoqda. Dastur davomida ishtirokchilarning AQSHdagi ilg‘or ta’lim va innovatsion markazlar, texnologik kompaniyalar hamda startap ekotizimi vakillari bilan muloqot qilishi, xalqaro tajribani o‘rganishi va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilashi ko‘zda tutilgan. Mazkur stajirovka doirasida olingan bilim va tajribalar kelgusida O‘zbekistonda yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda yoshlar siyosati va parlament faoliyatida ilg‘or xalqaro tajribadan samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Millatlararo totuvlik va vatandoshlar bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi majlisida Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasining “Milliy madaniy markazlar va xorijdagi vatandoshlar bilan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi. Mazkur majlisda mamlakatimizda turli millat va elat vakillari o‘rtasida millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash, milliy madaniy markazlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Muhokamalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari ham faol ishtirok etib, masalalar yuzasidan o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Yosh parlamentariylar tomonidan yoshlarning millatlararo totuvlik va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish, turli millat va elat vakillari bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi. Majlis davomida milliy madaniy markazlarning faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning madaniy-ma’rifiy tadbirlarini qo‘llab-quvvatlash, milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yosh avlodga yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, turli millat va elat vakillarining jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash, ular uchun teng imkoniyatlar yaratish va o‘zaro muloqot maydonlarini kengaytirish yuzasidan fikr almashildi. Xorijdagi vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish masalasi ham muhokamaning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Vatandoshlar bilan doimiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ularning O‘zbekiston bilan madaniy, ilmiy, ta’limiy va ijtimoiy aloqalarini mustahkamlash, xorijda faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarning salohiyati va tajribasidan samarali foydalanish imkoniyatlari yuzasidan takliflar bildirildi. Shuningdek, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar bilan aloqalarni kuchaytirish, ularni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va yoshlarga oid davlat siyosati bilan yaqindan tanishtirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan va boshqa yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Muhokamalar davomida millatlararo munosabatlar sohasida mavjud tajribalarni o‘rganish, ilg‘or amaliyotlarni ommalashtirish va yoshlarni ushbu jarayonlarga faol jalb etish zarurligi qayd etildi. Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va hamjihatlik tamoyillarini keng targ‘ib qilish jamiyat barqarorligini ta’minlashning muhim omillaridan biri ekani ta’kidlandi. Yoshlar parlamenti a’zolari tomonidan millatlararo totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan yoshlar loyihalarini ko‘paytirish, milliy madaniy markazlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar uchun madaniy almashinuv dasturlarini tashkil etish hamda xorijdagi vatandosh yoshlar bilan muntazam muloqotlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi. Majlis yakunida millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash, milliy madaniy markazlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni rivojlantirish hamda yoshlarning ushbu yo‘nalishlardagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirildi. Mazkur muhokama jamiyatda fuqarolik birdamligi va millatlararo hamjihatlikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda xorijdagi vatandoshlar bilan samarali hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.
Bizning loyihalarimiz
Yoshlarning siyosiy faolligi, bilimi va yetakchilik salohiyatini oshirishga qaratilgan loyihalarimiz. Keyingi ishtirokchi siz bo’lishni xohlaysizmi?
Maqolalar
Barchasini ko’rish18.09.2026
Ayolning onaligi — pensiya huquqiga to‘siq bo‘lmasligi kerak
Gavhar Karshiyeva
20.09.2026
Prezident tashrifi – Qoraqalpog‘iston yoshlari kelajagida yangi sahifa
Babur Rajapov
20.09.2026
Qoraqalpog‘iston yoshlari – yaratuvchanlik va islohotlar markazida
Shaxnoza Bazarbayeva
20.09.2026
Yangilanayotgan Qoraqalpog‘iston va yoshlar imkoniyatlari
Xanna Utemuratova
23.10. 2026
O‘zbekiston – AQSH hamkorligi yangi iqtisodiy imkoniyatlar eshigini ochmoqda
Erkaboy Usmonaliyev
25.10.2026
O‘zbekiston – AQSH hamkorligi: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar
Saidjon Bobojonov
Interaktiv xarita
Hududni bosib a’zolarni ko’ring
Viloyatlar bo’yicha
Mediateka
Barchasini ko’rishYoshlar parlamenti a'zolari bilan davra suhbati - video
01.02.2025
Yoshlar parlamenti qo'mitalari yig'ilishi - video
05.02.2025
Xalqaro delegatsiya bilan uchrashuv - video
10.02.2025
Yoshlar parlamenti yalpi majlisi - video
15.02.2025
Yoshlar parlamenti a'zolari bilan ochiq muloqot
20.01.2025



