Yoshlar parlamenti

Menyu
Menyu
A’zolarMediatekaVirtual qabulxonaKirish
Yoshlar parlamentiYoshlar parlamenti tarixi

Yoshlar parlamenti tarixi

Yoshlar parlamenti tarixi haqida ma’lumot

Yoshlar parlamenti tarixi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi 2020 yilda ilk marotaba O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Qonunchilik palatasi huzurlarida Yoshlar parlamentlari tashkil etildi.

Yoshlar parlamenti yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan maslahat organi bo’lib, o’z faoliyatida faqatgina O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga hisobdor bo’lib, o’z faoliyatini Qonunchilik palatasining vakolatlari ya’ni besh yil muddatga saylanadi.

Yoshlar parlamenti 150 nafar a’zodan iborat bo’lib, a’zo faoliyatida o’zini nomzod sifatida ko’rsatgan siyosiy partiya va Yoshlar parlamentiga hisobdordir. Yoshlar parlamenti a’zosi o’z vakolatlarini ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalaridan ajralmagan holda jamoatchilik asosida amalga oshiradi.

O’tgan davrda Yoshlar parlamenti yoshlarning siyosiy-huquqiy bilim va ko’nikmalarini yuksaltirish, ularni qonun ijodkorligi jarayoniga keng jalb etish, qonunlarni yoshlar orasida targ’ib qilish orqali ularning jamiyat hayotiga daxldorligini kuchaytirish, yosh avlodning siyosiy faolligini oshirishga xizmat qiladigan muhim institut sifatida shakllandi.

Parlament tomonidan qabul qilinayotgan qonunlarda mamalakatimiz aholisining salkam 60 foiziini tashkil etadigan yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini inobatga olish, ularni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga, parlament hayotiga jalb qilish Yoshlar parlamenti bilan o’zaro bog’liqdir.

2020

Tashkil topgan yil

150

A’zolar soni

3

Chaqiriqlar

Bosqichlar

Yoshlar parlamenti chaqiriqlari

1-chaqiriq

2021-2022

Birinchi chaqiriq Yoshlar parlamenti (2021-2022-yillar)

Birinchi chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga 5 ta siyosiy partiya ishtirokida Liberal-demokratik partiya 53 ta deputatlik mandatiga, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi – 36 ta joyga, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi – 24 ta joyga, Xalq-demokratik partiyasi – 22 ta joyga hamda O’zbekiston Ekologik partiyasi 15 ta deputatlik o’rniga muvofiq ikki yarim yilga saylandilar.

Birinchi chaqiriq Yoshlar parlamenti raisi Boboyev Jamshid saylangan.

2-chaqiriq

2023-2024

Ikkinchi chaqiriq Yoshlar parlamenti (2023-2024-yillar)

Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga 5 ta siyosiy partiya ishtirokida Liberal-demokratik partiya 53 ta deputatlik mandatiga, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi – 36 ta joyga, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi – 24 ta joyga, Xalq-demokratik partiyasi – 22 ta joyga hamda O’zbekiston Ekologik partiyasi 15 ta deputatlik o’rniga muvofiq ikki yarim yilga saylandilar.

2023-yil 30-aprelda tarixda ilk marta umumxalq referendumi asosida yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi ikkinchi chaqiriq Yoshlar parlamenti davrida eng muhim voqea bo’ldi.

Qonunchilik palatasi ko’rib chiqishida bo’lgan qonun loyihalari yuzasidan Yoshlar parlamenti a’zolari tomonidan jami 142 ta taklif tayyorlangan bo’lib, ulardan 84 tasi qonun loyihalarini takomillashtirish jarayonida inobatga olingan. Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida Yoshlar parlamenti a’zolari faol ishtirok etishdi — jami 1 381 ta taklif Konstitutsiyaviy komissiyaga yuborildi va 53 ta davra suhbati tashkil etildi. Yangilangan Konstitutsiyada yoshlar huquqlari va manfaatlari mustahkamlandi.

Yoshlar parlamentida mamlakat yoshlarini manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan 8 ta qo’mitalar faoliyati yo’lga qo’yilgan. 2023 yildan boshlab Yoshlar parlamenti a’zolari 21 ta vazirlik va idoralarga biriktirildi. 2024 yilning 30 oktyabrida bo’lib o’tgan saylovda Yoshlar parlamenti a’zolari partiyalar bilan birgalikda 3 mingga yaqin takliflar ilgari surdi. Saylov natijasida 1 nafar deputat, 6 nafar viloyat va tuman kengashi deputati, 12 nafar mahalliy hokimiyat lavozimiga saylandi va tayinlandi.

O’tgan davr mobaynida Yoshlar parlamenti a’zolari jami 21 ta xalqaro tadbirlarda ishtirok etishdi, shundan 9 tasi xorijiy davlatlardagi tadbirlar bo’lib, Rossiya, Turkmaniston, Ozarbayjon, Belarus, Tojikiston delegatsiya vakillari bilan hamkorlik rejalari kelishib olindi.

Ikkinchi chaqiriq Yoshlar parlamenti raisi Joldasova Shaxnoza Batirovna saylangan.

Oliy Majlis saylov natijalariga muvofiq Joldasova Shaxnoza Batirovna saylanganligi uchun 2025-yil 6-fevral kuni Yoshlar parlamentining navbatdan tashqari yig’ilishida Sobitov Otabek Yo’ldosh o’g’li nomzodi ko’pchilik ovozi bilan ma’qullandi.

3-chaqiriq

2025-2030

Uchinchi chaqiriq Yoshlar parlamenti (2025-2030-yillar)

Uchinchi chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga 75 ta deputatlik mandati bir mandatli okruglar bo’yicha taqsimlandi va 75 ta deputatlik mandati – yagona saylov okrugi bo’yicha yoki partiya ro’yxatlari bo’yicha Liberal-demokratik partiya 64 ta deputatlik mandatiga, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi – 29 ta joyga, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi – 21 ta joyga, Xalq-demokratik partiyasi – 20 ta joyga hamda O’zbekiston Ekologik partiyasi 16 ta deputatlik o’rniga muvofiq besh yilga saylandilar.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashining 2025-yil 26-fevraldagi 574-V-sonli Qarori qabul qilinib, Yoshlar parlamenti a’zolarining siyosiy partiyalarga daxldorligi oshirildi va har bir siyosiy partiyalarning yoshlar guruhlari tashkil etildi hamda fraksiya yig’ilishlarida deputatlar bilan Yoshlar parlamenti a’zolarining ishtiroki ta’minlandi.

Uchinchi chaqiriq Yoshlar parlamenti raisi Sobitov Otabekxo’ja Yo’ldosh o’g’li saylangan.