Maqolalar
Yoshlar parlamenti a’zolarining maqolalari
Ayolning onaligi — pensiya huquqiga to‘siq bo‘lmasligi kerak
18.09.2026 — Gavhar Karshiyeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi
Pensiya tizimini isloh qilish jarayonida xotin-qizlarning manfaatlarini alohida hisobga olish muhim. Chunki farzand tugʻilishi va uni parvarish qilish davrida ayollarning mehnat faoliyatida tabiiy uzilishlar yuzaga keladi. Taklif etilayotgan oʻzgarishlarda bola parvarishi davrini pensiya stajiga hisoblash muddatini 3 yildan 6 yilgacha uzaytirish, pensiya hisob-kitobida olinadigan ish haqi davrini esa 5 yildan 20 yilgacha kengaytirish masalalari koʻrib chiqilmoqda. Bu mexanizmlar, ayniqsa, bir necha farzand tarbiyalagan onalar uchun muhim. Pensiya tizimida ayolning nafaqat mehnat faoliyati, balki onalik bilan bogʻliq masʼuliyat davri ham adolatli eʼtirof etilishi kerak.Pensiya tizimini isloh qilish jarayonida xotin-qizlarning manfaatlarini alohida hisobga olish muhim. Chunki farzand tugʻilishi va uni parvarish qilish davrida ayollarning mehnat faoliyatida tabiiy uzilishlar yuzaga keladi. Taklif etilayotgan oʻzgarishlarda bola parvarishi davrini pensiya stajiga hisoblash muddatini 3 yildan 6 yilgacha uzaytirish, pensiya hisob-kitobida olinadigan ish haqi davrini esa 5 yildan 20 yilgacha kengaytirish masalalari koʻrib chiqilmoqda. Bu mexanizmlar, ayniqsa, bir necha farzand tarbiyalagan onalar uchun muhim. Pensiya tizimida ayolning nafaqat mehnat faoliyati, balki onalik bilan bogʻliq masʼuliyat davri ham adolatli eʼtirof etilishi kerak.Pensiya tizimini isloh qilish jarayonida xotin-qizlarning manfaatlarini alohida hisobga olish muhim. Chunki farzand tugʻilishi va uni parvarish qilish davrida ayollarning mehnat faoliyatida tabiiy uzilishlar yuzaga keladi. Taklif etilayotgan oʻzgarishlarda bola parvarishi davrini pensiya stajiga hisoblash muddatini 3 yildan 6 yilgacha uzaytirish, pensiya hisob-kitobida olinadigan ish haqi davrini esa 5 yildan 20 yilgacha kengaytirish masalalari koʻrib chiqilmoqda. Bu mexanizmlar, ayniqsa, bir necha farzand tarbiyalagan onalar uchun muhim. Pensiya tizimida ayolning nafaqat mehnat faoliyati, balki onalik bilan bogʻliq masʼuliyat davri ham adolatli eʼtirof etilishi kerak.Pensiya tizimini isloh qilish jarayonida xotin-qizlarning manfaatlarini alohida hisobga olish muhim. Chunki farzand tugʻilishi va uni parvarish qilish davrida ayollarning mehnat faoliyatida tabiiy uzilishlar yuzaga keladi. Taklif etilayotgan oʻzgarishlarda bola parvarishi davrini pensiya stajiga hisoblash muddatini 3 yildan 6 yilgacha uzaytirish, pensiya hisob-kitobida olinadigan ish haqi davrini esa 5 yildan 20 yilgacha kengaytirish masalalari koʻrib chiqilmoqda. Bu mexanizmlar, ayniqsa, bir necha farzand tarbiyalagan onalar uchun muhim. Pensiya tizimida ayolning nafaqat mehnat faoliyati, balki onalik bilan bogʻliq masʼuliyat davri ham adolatli eʼtirof etilishi kerak.Pensiya tizimini isloh qilish jarayonida xotin-qizlarning manfaatlarini alohida hisobga olish muhim. Chunki farzand tugʻilishi va uni parvarish qilish davrida ayollarning mehnat faoliyatida tabiiy uzilishlar yuzaga keladi. Taklif etilayotgan oʻzgarishlarda bola parvarishi davrini pensiya stajiga hisoblash muddatini 3 yildan 6 yilgacha uzaytirish, pensiya hisob-kitobida olinadigan ish haqi davrini esa 5 yildan 20 yilgacha kengaytirish masalalari koʻrib chiqilmoqda. Bu mexanizmlar, ayniqsa, bir necha farzand tarbiyalagan onalar uchun muhim. Pensiya tizimida ayolning nafaqat mehnat faoliyati, balki onalik bilan bogʻliq masʼuliyat davri ham adolatli eʼtirof etilishi kerak.Pensiya tizimini isloh qilish jarayonida xotin-qizlarning manfaatlarini alohida hisobga olish muhim. Chunki farzand tugʻilishi va uni parvarish qilish davrida ayollarning mehnat faoliyatida tabiiy uzilishlar yuzaga keladi. Taklif etilayotgan oʻzgarishlarda bola parvarishi davrini pensiya stajiga hisoblash muddatini 3 yildan 6 yilgacha uzaytirish, pensiya hisob-kitobida olinadigan ish haqi davrini esa 5 yildan 20 yilgacha kengaytirish masalalari koʻrib chiqilmoqda. Bu mexanizmlar, ayniqsa, bir necha farzand tarbiyalagan onalar uchun muhim. Pensiya tizimida ayolning nafaqat mehnat faoliyati, balki onalik bilan bogʻliq masʼuliyat davri ham adolatli eʼtirof etilishi kerak.Pensiya tizimini isloh qilish jarayonida xotin-qizlarning manfaatlarini alohida hisobga olish muhim. Chunki farzand tugʻilishi va uni parvarish qilish davrida ayollarning mehnat faoliyatida tabiiy uzilishlar yuzaga keladi. Taklif etilayotgan oʻzgarishlarda bola parvarishi davrini pensiya stajiga hisoblash muddatini 3 yildan 6 yilgacha uzaytirish, pensiya hisob-kitobida olinadigan ish haqi davrini esa 5 yildan 20 yilgacha kengaytirish masalalari koʻrib chiqilmoqda. Bu mexanizmlar, ayniqsa, bir necha farzand tarbiyalagan onalar uchun muhim. Pensiya tizimida ayolning nafaqat mehnat faoliyati, balki onalik bilan bogʻliq masʼuliyat davri ham adolatli eʼtirof etilishi kerak.
Ko’rishPrezident tashrifi – Qoraqalpog‘iston yoshlari kelajagida yangi sahifa
20.09.2026 — Babur Rajapov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi
Prezidentning Qoraqalpog‘istonga tashrifi hudud taraqqiyoti va yoshlar uchun yangi imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan muhim vazifalarni belgilab berdi. Bu imkoniyatlar yoshlarning kelajakka ishonchini yanada mustahkamlaydi.
Ko’rishQoraqalpog‘iston yoshlari – yaratuvchanlik va islohotlar markazida
20.09.2026 — Shaxnoza Bazarbayeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi
Qoraqalpog‘iston yoshlari bugun yangilanish va yaratuvchanlik jarayonlarining faol ishtirokchisiga aylanmoqda. Prezident tashrifi davomida yoshlarning bilim olishi, o‘z salohiyatini namoyon qilishi va hudud taraqqiyotida munosib o‘rin egallashi uchun yangi vazifalar belgilandi. Bu bizdan yanada katta tashabbus va mas’uliyat talab qiladi.
Ko’rishYangilanayotgan Qoraqalpog‘iston va yoshlar imkoniyatlari
20.09.2026 — Xanna Utemuratova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi
Қорақалпоғистонда ёшлар учун яратилаётган янги имкониятлар ҳудуднинг эртанги тараққиётига қўйилаётган муҳим сармоядир. Президент ташрифи давомида белгиланган вазифалар ёшларнинг билим, ташаббус ва салоҳиятини рўёбга чиқаришига кенг йўл очади.
Ko’rishO‘zbekiston – AQSH hamkorligi yangi iqtisodiy imkoniyatlar eshigini ochmoqda
23.10. 2026 — Erkaboy Usmonaliyev , Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi Erkaboy Usmonaliyev
AQSH Davlat kotibi Marko Rubio boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy muloqot va iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim imkoniyat yaratadi. “C5+1” formatidagi uchrashuvlar doirasida savdo, investitsiyalar, energetika, strategik foydali qazilmalar, transport va raqamli texnologiyalar kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratilgani mamlakatimiz uchun yangi istiqbollarni ochadi. Bunday hamkorlik, eng avvalo, O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yangi ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish va aholi bandligini oshirishga xizmat qilishi mumkin. Shu bilan birga, o‘zaro savdo hajmining ortishi mahalliy korxonalar uchun xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini ham kengaytiradi. Shuningdek, O‘zbekistonning turli davlatlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan pragmatik tashqi siyosati mamlakatimizning xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi o‘rnini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Eng muhimi, erishilgan kelishuvlar amaliy natijalarga aylanishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi, ilg‘or texnologiyalar o‘zlashtirilishi va mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti hamda xalqimiz farovonligiga xizmat qilishi lozim.
Ko’rishO‘zbekiston – AQSH hamkorligi: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar
25.10.2026 — Saidjon Bobojonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi
2026-yil 19-oktabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “C5+1” formatidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, mintaqaviy iqtisodiy aloqalarni kengaytirish hamda istiqbolli loyihalarni ilgari surish uchun muhim muloqot maydoniga aylandi. Uchrashuvda savdo-iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar, transport, energetika va raqamli infratuzilmani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Siyosiy muloqotning amaliy investitsiya va qo‘shma loyihalarga aylanishiga e’tibor qaratilgani bu hamkorlikning natijadorlikka yo‘naltirilayotganini ko‘rsatadi. Yoshlar parlamenti a’zosi va yosh tadqiqotchi sifatida ushbu jarayonlarning ahamiyatini, avvalo, yoshlar uchun ochilishi mumkin bo‘lgan yangi imkoniyatlarda ko‘raman. Chunki sifatli ta’lim, zamonaviy kasblarni egallash, xalqaro tajribadan foydalanish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirish yosh avlodning kelajakdagi muvaffaqiyatida muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi ilm-fan, ta’lim hamda texnologiyalar sohasidagi aloqalarni kengaytirish yoshlarimiz uchun akademik almashinuv, qo‘shma tadqiqotlar, startap loyihalar va ilg‘or tajribani o‘rganish imkoniyatlarini rivojlantirishi mumkin. Bunda xalqaro hamkorlikni aniq dasturlar, qulay ishtirok mexanizmlari va o‘lchanadigan natijalar bilan mustahkamlash muhim. Ayniqsa, sun’iy intellekt, geoaxborot tizimlari, ekologik monitoring va tabiiy resurslarni boshqarish kabi yo‘nalishlarda bilim va texnologiyalar almashinuvi dolzarbdir. Mazkur sohalarda yosh mutaxassislar va izlanuvchilarning salohiyatini oshirish hududlarni oqilona rejalashtirish, resurslardan samarali foydalanish hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishga xizmat qiladi. Yoshlar parlamenti oldidagi muhim vazifalardan biri — yoshlarning ta’lim, bandlik, innovatsiya va tadbirkorlik bilan bog‘liq ehtiyojlarini o‘rganish, dolzarb tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning manfaatlarini tegishli muhokama va takliflarda ifodalashdir. Shu jihatdan, xalqaro sheriklikning yoshlar hayotiga ta’sirini ham muntazam tahlil qilish zarur. Xulosa qilib aytganda, Samarqanddagi “C5+1” uchrashuvi iqtisodiy va texnologik hamkorlikni kengaytirish barobarida, yosh avlodning bilim, malaka va innovatsion salohiyatini rivojlantirish uchun ham istiqbolli yo‘nalishlarni ko‘rsatdi. Bu imkoniyatlarning real natijaga aylanishi esa davlat idoralari, ta’lim muassasalari, biznes vakillari hamda tashabbuskor yoshlarning izchil hamkorligiga bog‘liq.
Ko’rish